Asosiy qismga oʻtish

Bongo QR

Toʻlov uchun QR-kod

Payme yoki Click toʻlov havolangizni joylang va «Ur!» tugmasini bosing.

Sozlamalar
Xatolarni tuzatish darajasi

Yuqori daraja kodni chidamli qiladi (iflos yoki qisman yopiq boʻlsa ham oʻqiladi), lekin uni zichroq qiladi.

Oʻlcham

Logotip (ixtiyoriy)

Logotip qoʻyilganda xatolarni tuzatish darajasi avtomatik eng yuqoriga koʻtariladi.

Matningiz serverga yuklanmaydi, hammasi brauzeringizda bajariladi

Qanday ishlatiladi

  1. Payme Business yoki Click kabinetidan toʻlov havolasini nusxa oling.
  2. Havolani maydonga joylang; kerak boʻlsa rang va logotipni tanlang.
  3. «Ur!» tugmasini bosing va QR-kodni PNG yoki SVG koʻrinishida yuklab oling.

Batafsil

Kassa yonida, stol ustida yoki yetkazib berish chekida turgan toʻlov QR-kodi hisob-kitobni ancha tezlashtiradi: mijoz telefon kamerasini tutadi, Payme yoki Click sahifasi ochiladi va bir necha soniyada toʻlov amalga oshadi. Karta raqamini aytib turish, xato yozilgan raqam tufayli pul boshqa odamga ketib qolishi yoki qaytim masalasi bilan ovora boʻlish shart emas.

Bongo toʻlov havolasini oʻzi yigʻmaydi. Havolani siz Payme Business yoki Click kabinetidan olasiz — unda doʻkoningiz, xizmat turi va kerak boʻlsa summa allaqachon koʻrsatilgan boʻladi. Vosita esa havolani tekshiradi va undan chiroyli, ishonchli oʻqiladigan QR-kod yasaydi. Bu yondashuv xavfsizroq: havola formati toʻlov tizimi tomonidan belgilanadi, biz uni oʻzgartirmaymiz va pul notoʻgʻri hisobga yoʻnalib qolmaydi.

Tekshiruv qatʼiy: faqat payme.uz, paycom.uz va click.uz domenlaridagi havolalar qabul qilinadi. Boshqa sayt havolasi kiritilsa, vosita buni darhol aytadi. Shu sababli mijozlaringiz toʻlov oʻrniga soxta sahifaga tushib qolish xavfidan himoyalangan boʻladi. Havolada «http» boʻlsa, u avtomatik ravishda xavfsiz «https» ga almashtiriladi.

Sozlamalarda QR-kod rangini doʻkoningiz uslubiga moslashtirishingiz, oʻlchamini tanlashingiz va oʻrtasiga logotip qoʻyishingiz mumkin. Logotip bilan xatolarni tuzatish darajasi avtomatik koʻtariladi. Natijani PNG (messenjer, sayt) yoki SVG (bosma, stiker, katta tablichka) koʻrinishida yuklab olasiz. Chop etishdan oldin kodni oʻzingiz skanerlab, toʻgʻri sahifa ochilayotganini va doʻkon nomi toʻgʻri koʻrsatilayotganini albatta tekshiring.

Kodni qayerga qoʻyish kerak? Eng qulay joylar — kassa yonidagi tablichka, kafe stolidagi menyu, kuryer olib boradigan paket va chek. Kod yoniga «Payme yoki Click orqali toʻlang» deb yozing va ikkala tizim logotipini koʻrsating: mijoz nima qilishni darhol tushunadi. Kodning oʻlchami kamida 3×3 santimetr boʻlsin, fon oq qolsin, kodni esa yorugʻlik aks etadigan yaltiroq qogʻozga chop etmang — kamera uni qiyin oʻqiydi. Agar summa har safar oʻzgarsa, summasiz havola tanlang: mijoz summani oʻzi kiritadi. Doimiy narxli xizmat uchun esa summasi oldindan kiritilgan havola qulayroq, chunki xato summa kiritilish ehtimoli kamayadi.

QR-kod brauzeringizda yaratiladi: havolangiz serverga yuborilmaydi va Bongo toʻlov jarayonida hech qanday ishtirok etmaydi. Doʻkon manzilini ham ulashmoqchi boʻlsangiz, «Joylashuv QR-kodi», Instagram sahifangiz uchun esa «Instagram QR-kod» vositasidan foydalaning.

Koʻp beriladigan savollar

Toʻlov havolasini qayerdan olaman?

Payme Business yoki Click kabinetingizda (yoki ilovasida) toʻlov havolasi boʻlimi bor. Oʻsha havolani nusxa olib, shu yerga joylang.

Pul kimga tushadi?

Havola kimga tegishli boʻlsa, oʻshanga. Bongo pulni oʻzi qabul qilmaydi va toʻlov maʼlumotlarini koʻrmaydi: QR-kod ichida faqat siz bergan havola boʻladi.

Nega boshqa sayt havolasini qabul qilmaydi?

Xavfsizlik uchun: toʻlov QR-kodi faqat payme.uz, paycom.uz va click.uz domenlariga olib boradi, shunda mijoz soxta sahifaga tushib qolmaydi.

Boshqa vositalar